Bu borada kelishuvga erishish uchun keyingi hafta ushbu mamlakat tashqi ishlar va ichki ishlar vazirlari O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Avstriya o‘z vataniga deportasiya qilinishi kerak bo‘lgan afg‘onlarni Avstriya kuzatuvi ostida shimoliy qo‘shni davlat — O‘zbekiston orqali o‘z manzillariga yetkazmoqchi. Shu paytgacha Afg‘onistonga deportasiya qilish faqat Istanbul aeroporti orqali amalga oshirilar edi, endi esa Kobulga «ikkinchi darvoza» ochilmoqda.