Avstriya oyoq va og‘iz kasalligining mamlakatga kirib kelishining oldini olish uchun Vengriya bilan chegarasidagi 21 ta va Slovakiya bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktini yopadi. Cheklovlar shanba kunidan kuchga kiradi.
Bu haqda Avstriya Ichki ishlar vazirligi xabarida aytiladi.
"Yashur kasalligi tarqalishining, xususan, Avstriyaning chegaradosh hududlariga kirib kelishining oldini olish maqsadida 2025 yil 5 apreldan boshlab ayrim chegara o‘tish punktlari vaqtincha yopiladi", — deyiladi xabarda.
Mart oyi boshida Vengriya 1973 yildan beri birinchi marta qoramollar orasida oyoq va og‘iz kasalligi avj olgani haqida xabar bergan edi. Vengriyaning oziq-ovqat zanjiri xavfsizligi milliy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Slovakiya bilan chegaradagi fermada oyoq va og‘iz kasalligi aniqlangan.