Bolakay ota-onasi bilan urishib qolgach, o‘zini ovutishning zo‘r yo‘lini o‘ylab topdi. U onasining kredit kartasini o‘g‘rilab, Avstraliyadan chiqdi va baliga yo‘l oldi. 12 yoshli avstraliyalik internet orqali ota-ona roziligisiz chipta buyurtma berishning yo‘lini topgan. Buvisini aldab, pasportini qo‘lga kiritgan bolakay poyezd orqali aeroportga yo‘l oldi.
Bolaning so‘zlariga ko‘ra, aeroportda hech kim undan nega bir o‘zi ekanligini surishtirmagan. "Mendan faqat o‘quvchilik ID va pasportimni so‘rashdi", - deya izoh bergan qochoq bola. “Firibgar”ning ota-onasi bu orada o‘g‘illarining maktabga bormaganligini bilib, uning yo‘qolgani haqida polisiyaga xabar berishgan.
Uni topganlarida bolakay sayohatchi “All Seasons” to‘rt yulduzli mehmonxonda hashamatli hayotda yashayotgandi.