Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Avstraliya yaqin kunlarda Falastinni tan olishi mumkin

A A A
Avstraliya yaqin kunlarda Falastinni tan olishi mumkin

Avstraliya yaqin kunlarda Falastin davlatini tan olishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Sydney Morning Herald gazetasi xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularga ko‘ra, Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze Avstraliyaning Falastin davlatini tan olish rejalarini e’lon qilishga hozirlik ko‘rmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat vazirlar mahkamasi qaror qabul qilish uchun yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, Falastinni tan olish qarori bugun yoki yaqin kunlarda qabul qilinishi mumkin.

Kiritildi: 11:00 11.08.2025. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!