Mamlakat Federal sudi sobiq uchuvchi Deniyel Dagganning AQShga topshirilishi haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Daggan 2009–2012 yillarda Janubiy Afrikada xitoylik uchuvchilarga ta’lim berib, Qo‘shma Shtatlarning qurol nazorati bo‘yicha qonunlarini buzganlikda va pul yuvishda ayblanmoqda. U 2022 yilda Avstraliyada hibsga olingan edi.
Dagganning advokatlari uning harakatlari Avstraliya qonunchiligi bo‘yicha jinoyat hisoblanmasligini vaj qilib ko‘rsatishgan bo‘lsa-da, sudya ekstradisiya haqidagi qarorda huquqiy xatolar yo‘q deb topdi. Hozirda olti farzandning otasi bo‘lgan Daggan hibsda qolmoqda va ixtiyoriy ravishda Vashingtonga topshirilgunga qadar Avstraliyada saqlanadi.
Uning oilasi sud qaroridan
norozi ekanligini va keyingi 28 kun ichida yuqori instansiyaga shikoyat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Agar ayblovlar o‘z isbotini topsa, Daggan Qo‘shma Shtatlarda uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.