Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Avstraliya polisiyasi terakt uyushtirishni rejalashtirgan 7 kishini hibsga oldi

Avstraliya polisiyasi terakt uyushtirishni rejalashtirgan 7 kishini hibsga oldi

Avstraliya polisiyasi Sidneyning janubi-g‘arbiy chekkasida terakt uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan yetti nafar erkakni hibsga oldi.

Bu haqda ABC radiosi Yangi Janubiy Uels polisiya departamentidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Tergovchilarning fikricha, 18 dekabr kuni qo‘shni Viktoriya shtatidan Sidneyga kelgan erkaklar “ekstremistik mafkurani qo‘llab-quvvatlaydilar” va “zo‘ravonlik harakatini rejalashtirganlar”.

Shtat polisiyasi komissari o‘rinbosari Devid Xadson “erkaklarni tintuv qilish chog‘ida topilgan yagona qurol pichoq bo‘lib, o‘qotar qurol yo‘qligini” ma’lum qildi.

"Bizda ular Bondi plyajiga tashrif buyurish niyatida bo‘lganiga oid ba’zi dalillar bor. Biz ularni hibsga olishga qaror qildik, chunki o‘tgan yakshanba kuni Sidneyda sodir etilgan vahshiyliklardan so‘ng, biz hech qanday tavakkal qilmaymiz va ular nima qilishlarini ko‘rmoqchi emasmiz", dedi u.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!