Melburn polisiyasi Adas Isroil ibodatxonasidagi yong‘inda aybdor deb taxmin qilinayotgan niqobli ikki kishini qidirmoqda.
Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 6 dekabr, juma kuni ertalab soat to‘rtlarga yaqin sodir bo‘lgan. Sinagogada muntazam ravishda tungi ibodatlar o‘tkaziladi, dindorlar olovdan mustaqil ravishda o‘zlarini himoya qilishlari kerak edi.
"Eshikni taqillatishdi, ichkariga qandaydir suyuqlik sepishdi, u yonib ketdi. Sinagoga ichkarisidagi bir necha kishi orqa eshikdan yugurib chiqdi. Ulardan biri jarohat olgan," - dedi sinagoga boshqaruvi a’zosi Benjamin Klyayn.
Mahalliy polisiya o‘t qo‘yishni "maqsadli" deb atadi. Bunga javoban Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze hujumni "aksilsemit" deb qoraladi.