Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Avstraliya Eron elchisini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

Avstraliya Eron elchisini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

Avstraliya hukumati Eronning Kanberradagi elchisini mamlakatdan chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bu qadam Sidney va Melburn shaharlarida sodir etilgan aksilsemit hujumlarga javob sifatida baholanmoqda.

«Avstraliya hududida xorijiy davlat tomonidan uyushtirilgan, jamiyat birdamligini zaiflashtirish va ijtimoiy nizolarni kuchaytirishga qaratilgan xavfli tajovuz», deya baholadi mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliya o‘zining Tehrondagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatgan va diplomatlarni xavfsiz uchinchi davlatga ko‘chirgan. Shu bilan birga, Albaneze hukumati Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusini terrorchi tashkilot sifatida tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

2023 yil oktyabr oyida Isroil va G‘azo o‘rtasida urush boshlanganidan beri Avstraliyada yahudiylarga qarshi hujumlar keskin ko‘paygan. Xususan, uylar, maktablar va sinagogalarda zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan. Iyul oyida Melburndagi bir sinagoga yoqib yuborilgan, polisiya esa gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.

Avstraliya va Eron munosabatlari so‘nggi yillarda taranglashib borayotgan edi. G‘azo va Isroil o‘rtasidagi mojarolar butun dunyoda bo‘lgani kabi Avstraliyada ham ijtimoiy ziddiyat va noroziliklarni kuchaytirmoqda. Yahudiy jamoasi esa hukumatdan xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirishni talab qilmoqda.

Kiritildi: 17:23 26.08.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!