Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlagan birinchi mamlakat!

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlagan birinchi mamlakat!

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi — DW.

Xabar berilishicha, tegishli qonun 10 dekabr soat 00:00 dan boshlab kuchga kirgan.

Avstraliya bosh vazirining so‘zlariga, bu bolalarga normal bolalikni his qilishni ta’minlashga, ota-onalarga xotirjamlik berishga va boshqa davlatlar uchun namuna bo‘lishga yordam beradi.

Qayd etilishicha, ushbu qonunning maqsadi, yoshlarni internetdagi tazyiq, dezinformasiya va noqonuniy kontentdan himoya qilishdir.

"Taqiq TikTok, YouTube, Instagram, Snapchat, Facebook, Reddit va X kabi yirik platformalarning aksariyatiga taalluqlidir. Biroq u WhatsApp, elektron pochta dasturlari, onlayn o‘yinlar va ta’lim loyihalariga tatbiq etilmaydi. Qonun buzilgan taqdirda voyaga yetmagan foydalanuvchilarning o‘zlari ham, ularning ota-onalari ham jazolanmaydi, biroq ijtimoiy tarmoq egalari bo‘lgan kompaniyalar 49,5 million Avstraliya dollarigacha (deyarli 30 million yevro) jarimaga tortilishi mumkin", deya yozmoqda DW.

Noyabr oyida Yevropa Parlamenti ham shunga o‘xshash choralarni qo‘llashga chaqirgan, deputatlar majburiy kuchga ega bo‘lmagan tegishli hisobotni qo‘llab-quvvatlashgan edi.

Kiritildi: 17:53 10.12.2025. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!