Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Avgust oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 86,5 milliard so‘m zarar yetkazilgan

Avgust oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 86,5 milliard so‘m zarar yetkazilgan

«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning 179 ta holati aniqlandi.

💭 Unga ko‘ra, 36,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (58,9 mlrd so‘m) va 8,7 mln metr kub tabiiy gaz (27,5 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 86 milliard 571 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.

1️⃣ Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 476 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi va tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim etildi.

Kiritildi: 12:10 06.09.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!