Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Avgust oyi uchun WBA reytingi e’lon qilindi

Avgust oyi uchun WBA reytingi e’lon qilindi

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) avgust oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

Ushbu reytingdan 8 bokschimiz o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan oyda vazn chempioni bo‘lib turgan Madrimov bu oyda 3-o‘rinda qayd etildi.

Reytingdagi bokschilarimiz:

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda 1-o‘rin;)

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) - 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 5-o‘rin (o‘tgan oyda 5-o‘rin edi;)

Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 13-o‘rin (o‘tgan oy ham 13-o‘rinda edi);

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - 3-o‘rin;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 6-o‘rin (o‘tgan oy 5-o‘rinda edi).

Kiritildi: 15:53 14.09.2024. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!