«SEG TASCO» korxonasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan U. Rajabov 2024 yil iyun oyida Samarqanddan Buxoroga xizmat safariga ketayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasiga uchrab vafot etgan.
Marhumning otasi holat yuzasidan Buxoro viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qildi.
Murojaat inspeksiya xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu baxtsiz hodisa ishlab chiqarish bilan bog‘liq deb topildi va korxonaga vafot etgan xodimning oilasiga zarar to‘lovlarini to‘lash majburiyati yuklatildi.
«SEG TASCO» korxonasi va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan kompaniya tomonidan marhumning oilasiga bir yo‘la 1 mlrd 473 mln so‘m zarar pullari to‘lab berildi.
Shuningdek, marhumning 2 nafar farzandi voyaga yetguniga qadar har biriga 4 mln 92 ming so‘mdan (jami 664 mln 405 ming so‘m) oylik nafaqa pullari to‘lab borilishi belgilandi.