Bu haqda kompaniya hisobotida ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, 2024 yilda ATTO virtual kartalari orqali 2 mln.dan ortiq tranzaksiya amalga oshirilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 286% ko‘p.
Bundan tashqari, bank kartalari orqali to‘lovlar 71,5% ga oshgan, umumiy tranzaksiyalar esa 510,5 mln.ga yetgan.
O‘sish metroda ham kuzatilgan – u yerda QR-kod orqali 75,6 mln, mobil QR bilan esa 3 mln tranzaksiya amalga oshirilgan.