Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmagan 25 nafar fuqaro jarimaga tortildi

Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmagan 25 nafar fuqaro jarimaga tortildi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan iyul oyi davomida shahar va tumanlarda o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari jarayonida 25 nafar fuqaro atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmagani aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan 25 nafar huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda 28 875 000 so‘m miqdorida jarima, shuningdek 24 239 000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat bo‘ylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:36 29.07.2025. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!