Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan polisiyachini «sotqinligi» uchun ishdan bo‘shatishdi

Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan polisiyachini «sotqinligi» uchun ishdan bo‘shatishdi

Almazbek Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirgan Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanovni «sotqinligi» uchun ishdan bo‘shatishdi, deb xabar beradi «Nur.kz».

Kursan Asanov ziddiyat kuchayib ketishining oldini olish uchun Almazbek Atambayevni huquq-tartibot organlari xodimlariga taslim bo‘lishga ko‘ndirgan edi.

Keyinroq polisiyachiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan edi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Asanov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, Asanov Qirg‘iziston milisiyasi manfaatlariga xiyonat qilganlikda va ishonchni suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.

Kiritildi: 05:00 14.08.2019. O'qildi: 3975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!