Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

A A A
AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov AstraZeneca Britaniya-Shvesiya transmilliy farmasevtika va biotexnologiya kompaniyasining ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha departament rahbari o‘rinbosari Nitin Kapur bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston farmasevtika sanoatining istiqbollari va AstraZeneca kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Nitin Kapur AstraZeneca kompaniyasi faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishtirdi. Elchi, o‘z navbatida, O‘zbekistonda farmasevtika sanoatini rivojlantirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga turish bo‘yicha islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va afzalliklar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Muloqot yakunida mazkur yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish maqsadida kelgusida ikki tomonlama uchrashuvlar hamda tashriflarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Kiritildi: 09:50 16.08.2024. O'qildi: 1012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!