"Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon yakshanba kuni Tehron Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifini rad etganini ma’lum qildi. Bu taklif AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga yuborgan maktubiga javoban bildirilgan", deb yozadi agentlik.
Bu Trampning murojaatiga birinchi rasmiy javob bo‘lib, Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayishi mumkinligini anglatadi.
"Garchi ikki tomon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish imkoniyati rad etilgan bo‘lsa ham, bilvosita muzokaralar uchun yo‘l ochiq qolmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Eron prezidenti.
AP'ning eslatishicha, Tramp 2018 yilda AQShni Eronning xalqaro yadroviy kelishuvdan chiqarib yuborgandan beri o‘tkazilgan bilvosita muzokaralar natijasiz yakunlangan.
Mart oyida Axios nashri Tramp Eronga yangi yadroviy kelishuv tuzish uchun ikki oy muhlat berganini xabar qilgan edi. U Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga maktub yuborgan bo‘lib, unda AQSh prezidenti yangi muzokaralar o‘tkazishni talab qilgani va agar Eron buni rad etsa, oqibatlari og‘ir bo‘lishi haqida ogohlantirgani aytilgan.