«Xavfsizlik nuqtai nazaridan birorta jangovar amaliyot o‘tayotgan bo‘lsa, shaharda yurmay, yerto‘lalarda o‘tirishsin. Chunki xavfsizlik — eng ustuvor masala. Shaharga chiqish, do‘kon va boshqa joylarga chiqib tavakkal qilmaslikni maslahat berardim.
Sirena ovozi yangradimi, berkinish kerak. Bu haqiqiy urushdagidek. Kecha Lvovda vatandoshlarimiz bo‘lgan oxirgi avtobus ketayotganda havo trevogasi bo‘ldi. Telegram guruhlarimiz va Facebook’dagi sahifamizda yanayam ko‘proq tavsiya va ko‘mak berilmoqda», dedi O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov.