Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Aslida tarbiyachiga tarbiya kerak shekilli: Bog‘chada 2 yoshli bola shafqatsiz kaltaklandi

Aslida tarbiyachiga tarbiya kerak shekilli: Bog‘chada 2 yoshli bola shafqatsiz kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bog‘chada kichik yoshdagi bolaga nisbatan shafqatsiz tarzda tan jarohati yetkazilganligi holati yuzasidan malumot berildi.

🔴Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

✅Aniqlanishicha, joriy yilning 16-iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, voyaga yetmagan 2 yoshli O.M. (2023 yilda tug‘ilgan qiz bola) bog‘cha tarbiyachisi Q.G. tomonidan kaltaklanib, bolaning chap yuz qismiga jarohat yetkazilgan.

✍️Hozirda ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

🚨Voyaga yetmagan O.M.ga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

❗️Bola manfaatiga zid bunday harakatga nisbatan ko‘rilgan qonuniy choralar yuzasidan qo‘shimcha tarzda axborot beriladi.

🔴Bolalar ombudsmani mazkur ish yurituvi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Kiritildi: 08:38 18.07.2025. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!