Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Asal va dolchin aralashmasining dorivorligi

A A A
Asal va dolchin aralashmasining dorivorligi

Asalning ham, dolchinning ham shifobaxsh xususiyatlari ko‘p. Ikkisi uyg‘unlashganida esa bu xususiyatlari yanada ortadi.

Yurak kasaliklarida

Har kuni nonushtada murabbo o‘rniga asal va dolchin kukunidan tayyorlangan pasta surilgan non yeng. Bu xolesterin darajasini kamaytirib, infarktdan asraydi. Hatto infarkt bo‘lganlar ham qayta infarkt bo‘lishdan qutulishlari mumkin.

Kuchli charchoq va holsizlikda

Har kuni tongda och qoringa va tushdan so‘ng taxminan 15:00da dolchin va yarim qoshiq asal qo‘shilgan suv ichish organizmning hayotiy faoliyatini oshiradi.

Artritda

Har kuni ertalab va kechqurun 2 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq dolchin qo‘shilgan 1 piyola iliq suvni muntazam ichish hatto surunkali artritni ham davolaydi.

Xolesterin miqdorini kamaytirishda

2 stakan iliq suv bilan aralashtirilgan 2 osh qoshiq asal va 3 choy qoshiq dolchin qondagi xolesterin darajasini 2 soatda 10 foizga kamaytiradi. Artritga chalinganlarda bo‘lganidek, aralashmani kuniga 3 mahal iste’mol qilish surunkali kasallarda ham xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Immunitet ko‘tarishda

Har kuni asal va dolchin iste’mol qilish organizmning himoya kuchlarini oshirib, bakteriya va viruslardan himoya qiladi, leykositlarning bakterial va virusli kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi.

Sistitda

2 osh qoshiq dolchin va 1 choy qoshiq asalni bir oz iliq suvda aralashtirib, iste’mol qiling. Bu qovuqdagi infeksiyalarni yo‘q qiladi.

Soch to‘kilishida

Soch ildiziga qizdirilgan zaytun moyi, 1 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiq dolchindan iborat aralashmani bosh yuvishdan 15 daqiqa oldin suring. Keyin sochingizni iliq suvda yuving.

Teri va tirnoq zamburug‘ida

Teng miqdordagi asal va dolchin aralashmasi zararlangan teri va tirnoqqa surilsa, zamburug‘ va teri infeksiyalarining boshqa turlarini davolaydi.

Husnbuzarni ketgazishda

3 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchindan pasta tayyorlab, uxlash oldidan husnbuzarlarga suring. Yuzingizni ertalab iliq suvda yuvib tashlang. Husnbuzarlar 2 haftada butkul yo‘qoladi.

Oshqozondagi og‘irlikda

Yarim choy qoshiq dolchin kukuni va 2 osh qoshiq asaldan iborat aralashma ovqat oldidan iste’mol qilinsa, kislota miqdorini kamaytirib, eng og‘ir taomni ham hazm qilishga yordam beradi.

Qorin dam bo‘lishida

Dolchin va asal qorin dam bo‘lishini kamaytiradi.

Og‘izdagi hidni ketgazishda

Janubiy Amerika aholisi kun davomida og‘izdan yoqimsiz hid kelmasligi uchun ertalab asal va dolchinli issiq aralashmada tomoqlarini chayishadi.

Shamollash va grippda

1 osh qoshiq iliq asalni chorak qoshiq dolchin bilan aralashtirib, kuniga 3 mahal iste’mol qiling. Bu yo‘tal, shamollashni davolab, burun yo‘llarini tozalaydi.

Osteoxondrozdagi og‘riqlar, lat yeyishda

1 choy qoshiq dolchinni 1 osh qoshiq asal bilan yaxshilab aralashtiring. Og‘riyotgan joyga yengil uqalovchi harakatlar bilan surib, kompress sifatida yopib qo‘ying. Aralashma qattiq kuydirganda uni olib tashlash kerak.

Terini yumshatishda

3 stakan suv va 1 osh qoshiq dolchin damlamasiga 4 osh qoshiq asal soling. Kuniga 3-4 mahal chorak finjondan iste’mol qiling. Bu terini yumshoq va yosh saqlab, yuzga tez ajin tushishdandan himoyalaydi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:00 06.03.2019. O'qildi: 20473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!