Bugun 30 yanvar, 2023 yil, dushanba

КИР

Asal Honey’ni o‘ldirgan qotil ushlandi. U nega bu ishga qo‘l urganini aytdi

Asal Honey’ni o‘ldirgan qotil ushlandi. U nega bu ishga qo‘l urganini aytdi

Joriy yilning 18 mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida xorazmlik insta-bloger Asal Honey o‘ldirib ketildi. Uning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Bugun, 21 mart kuni Asal Honey nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayevani o‘ldirganlikda gumonlangan shaxs Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidan ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoyatni 09.12.1997 yilda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, malumoti o‘rta – maxsus, Yangiariq tumani Kattabog‘ qishlog‘i raqamsiz uyda yashovchi SH.K sodir etgan.

Yangiariq tumani IIB xamda Toshkent shaxar IIB JQB xodimlari bilan xamkorlikda fuqaro SH.K qidirib topish maqsadida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida u Yangiariq tumani Kattabog‘ qishlog‘ida yashash uyining oldida ushlangan.

Qotillikda gumonlanayotgan yigit Asal Xo‘jayeva bilan bundan taxminan 1 yilcha oldin telegram orqali tanishgan, bu orada u 2021 yilning noyabr oylarida A.X bilan bir marta ko‘rishgan.

SH.K Asal Xo‘jayevadan jinsiy aloqa qilishini so‘raydi, A.X esa unga puli yo‘qligini aytib ketib qolgan. Shundan so‘ng, u Asal Xo‘jayeva bilan telegramda munosabatini davom ettirgan.

Surishtiruv ishlari davomida yigit taxminan 20 kun oldin Asal Xo‘jayeva bilan urushib qolganligi, A.X uni qattiq haqorat qilgani va gumonlanuvchi A.Xni kuzatishni boshlaganini aytgan. Bundan tashqari, u Instagram orqali A.Xo‘jayevaning yashash manzilini aniqlab, ikki marotaba uning yashash uyiga kuzatib kelgan.

16 mart kuni esa A.Xni o‘ldirish maqsadida Chirchiq shahridagi “Karvon” bozoridan bir dona oshxona pichoqi va qo‘liga kiyish uchun bir juft qo‘lqop sotib olib, soat taxminan 19:00 lar atrofida A.Xning yashash uyining oldiga borgan. A.X uy eshigini ochib tashqariga chiqishini kutib, taxminan 2 soat kutgan. Soat taxminan 21:00lar atrofida A.X uy eshigini ochgan payti qo‘lidagi oshxona pichoqi bilan uning qorin qismiga pichoq tiqib, ovozi chiqmasligi uchun qo‘li bilan og‘zini yopib, urib, yiqitib, og‘ziga yostiq bosib qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng A.Xning yashash uyidan jami 500 AQSh dollari hamda 200 ming so‘m pullari, shuningdek, plastik kartadan 1 mln so‘m pullarni Line Bet o‘yiniga o‘tkazgan. Bundan tashqari, marhuma A.Xga tegishli bo‘lgan 2 ta telefonni olib, yo‘l-yo‘lakay otib yuborgan. Keyinchalik esa, 19 mart kuni Yangiariq tumanidagi ota-onasi yashaydigan uyga yetib kelgan. Surishtiruv harakatlari davomida gumonlanuvchining uyidan jami 10 mln so‘m pul, haydovchilik guvohnomasi, o‘z nomida bo‘lgan 2 ta plastik kartalar, bir dona erkaklar sumkasi, bir dona ID kartalar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur holat yuzasidan Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, A.Xo‘jayevaning o‘limi qorin old sohasida bir dona sanchilib kiruvchi kesilgan jarohati, bo‘yin chap tomoni sanchib kesilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi oqibatida yuz berganligi aniqlangan.

Voqea joyi kriminalistika texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, murda kiyimlari, qo‘l barmoq izlari, 1 dona Apple noutbuk, 1 dona Integral 4G xotira kartasi, 1 dona Huawei, 1 dona Samsung va 2 dona MI telefon apparatlari, 4 dona bank plastik kartalari daliliy ashyo sifatida olingan.

Voqea joyiga Toshkent prokurori birinchi o‘rinbosari I.Narimov, shahar IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari U.Tursunov, Yashnobod tuman prokurori A.Donayev, shahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati hamda tezkor tergov guruhi a’zolari chiqishgan. Tabiiyki, mazkur shaxslar qotillik bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini oxirigacha olib borishga ma’sul shaxslardirlar.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura bergan ma’lumotda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilayotgani, natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, A.Xo‘jayeva 1986 yilning 10 okyatbrida Xorazm viloyatida tug‘ilgan, turmushga chiqmagan. Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 99-uy, 210-xonadonda yashagan.

Kiritildi: 22:10 21.03.2022. O'qildi: 35920 marta. Fikrlar soni: 22 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!