Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Asakadagi texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi (video)

Asakadagi texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi (video)

Asaka tumanida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Jinoyat kodeksining 259 (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida bir nafar shaxs vafot etgan, bir nafari esa og‘ir tan jarohati olgan.

Shaxobcha ichida bo‘lgan "Labo" rusumli avtomashinasi to‘liq yonib ketgan.

Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in sabablari bo‘yicha yong‘in-texnikaviy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 09:38 29.07.2025. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!