Kecha, 28 iyul kuni Asaka tumanida fuqaroning uyida tashkil etilgan avtoservis yonib ketgan. Uy egasi esa voqea joyida vafot etgan.
Hodisa oqibatida aholi yashash xonadonlarining 70 kvadrat metr maydondagi tom qismi yonib zararlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.