Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Asakada tadbirkorga kredit berish ortga surib kelinayotgani aniqlandi

Asakada tadbirkorga kredit berish ortga surib kelinayotgani aniqlandi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga Andijon viloyati Asaka tumanida yashlovchi fukaro Z.Mamatkkulova tomonidan murojaat kelib tushdi.

Unga ko‘ra iste’molchi, Asaka tuman markazida joylashgan Tijorat banklaridan biriga har bir oila tadbirkor loyihasi doirasida o‘z xonadoniga issiqxona qurish maqsadida kredit olish uchun a’riza topshirganligi, biroq bank xodimlari tomonidan turli bahonalar qilinib, kredit berishni ortga surilayotganini aytib o‘tgan

Mazkur murojaat, Federasiyaning Andijon viloyati hududiy birlashmasi tomonidan o‘rnalishi natijasida, iste’molchiga bank tomonidan 28 000 000 so‘m  mablag‘ olib berilishiga erishildi.

Ana shunday murojaatlardan yana biri, Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi fukaro R.Aldiyev tomonidan kelgan bo‘lib unda iste’molchi, Asaka tuman markazida joylashgan Tijorat banklaridan biriga har bir oila tadbirkor loyihasi doirasida quyonchilikni rivojlantirish maqsadida kredit olish uchun a’riza topshirganligi, biroq bank xodimlari tomonidan turli bahonalar qilinib, kredit berishni ortga surilayotganini aytib o‘tgan

Mazkur murojaat, Federasiyaning Andijon viloyati hududiy birlashmasi tomonidan o‘rnalishi natijasida, iste’molchiga bank tomonidan 23.700 000 so‘m  mablag‘ olib berilishiga erishildi.

Kiritildi: 10:54 22.04.2021. O'qildi: 2666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!