Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Asad Erdog‘an bilan uchrashishdan bosh tortdi

Asad Erdog‘an bilan uchrashishdan bosh tortdi

Turkiya, Suriya, Eron va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining Moskvada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan to‘rt tomonlama uchrashuvi Suriya rejimi rahbari Bashar Asadning prezident Erdog‘an bilan uchrashishi uchun qo‘ygan shartlari tufayli o‘tkazilmadi.

Biroq, asil sabab haqida hech qanday rasmiy tasdiq yo‘q. Shunga qaramay, avvalroq Suriya rejimi rahbari Turkiya oldiga Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqish shartini qo‘ygan. Bu shartning bajarilmasligi Anqara va Damashq o‘rtasidagi munosabatlar kelajagini shubha ostiga qo‘yadi.

Bashar Asad Moskvaga tashrifi chog‘ida RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida hozirgi vaziyatda Turkiya prezidenti bilan uchrashish zaruriyatini ko‘rmayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriya hududlarida “bosqinchi” maqomida va munosabatlarni normallashtirish uchun avvalo Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak. Asad bu shart bajarilganidan keyingina Erdog‘an bilan uchrasha olishini aytdi.

Rasmiy Anqara Suriya rahbarining bayonotlariga izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 mart kunlari Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda Suriya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish shartlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi.

Kiritildi: 23:40 18.03.2023. O'qildi: 4090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!