Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Asad eng boy moskvalikka aylanishi mumkin

Asad eng boy moskvalikka aylanishi mumkin

Suriya prezidenti Bashar Asadning qarindoshlari turli yillarda «Moskva-siti» hududidagi turar-joy majmualaridan kamida 19 ta, shundan 18 tasi «Poytaxtlar shahri» majmuasidan, yana biri «Federasiya» minorasidan kvartira sotib olgan. Bu haqda Financial Times (FT) gazetasi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi nohukumat tashkiloti Global Witness tomonidan olingan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda. Ko‘chmas mulk 40 million dollarga baholanmoqda.

Hujjatlarga ko‘ra, Suriya yetakchisining oila a’zolari 2013 yildan shu yilning iyunigacha ko‘chmas mulk sotib olgan. 13 mulk to‘g‘ridan-to‘g‘ri Asadning amakivachchasi Hofiz Maxlufga yoki u nazorat qiladigan kompaniyalarga tegishli.

FT jurnalistlarining aniqlashicha, kamida to‘rtta bino turar joy sifatida foydalaniladi, ulardan biri egizak aka-uka Ihab va Iyad Maxluflarga tegishli.

Kiritildi: 22:37 09.12.2024. O'qildi: 4687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!