Seshanba oqshomida Yevropa chempionlar ligasida chorak final o‘yinlari start oladi.
O‘sha kuni Londonda "Arsenal" - "Real"ni qabul qilsa, "Inter" Myunxenda "Bavariya" mehmoni bo‘ladi.
UYEFA xabariga ko‘ra, Angliyadagi o‘yinni bosniyalik Irfan Pelto (suratda) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borsa, Germaniyadagi o‘yinda shveysariyalik Sandro Sherer ishlaydi.