"Arsenal" ustozi Mikel Arteta hujumchi Gabriyel Martinellining jarohati haqida fikr bildirdi. U shunday deydi: "Gabi sonida qattiq og‘riq his qilgan. Shu sabab u qattiq yugura olmay qoldi".
Braziliya terma jamoasi a’zosi "Everton"ga qarshi bahsda 20 daqiqa harakat qilgandi. U bir necha hafta maydonga tusha olmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, London klubi navbatdagi bahsini o‘z uyida, "PSV"ga qarshi YECHL doirasida o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.