Armaniston Iqtisodiyot vaziri Gevorg Papoyan bug‘doy importini diversifikasiya qilish uchun bir qancha davlatlar bilan muzokaralar olib borayotganini aytdi.
«Biz importning muqobil manbalarini qidirmoqdamiz. Bu normal, mantiqiy jarayon, hech bir davlatga qarshi qaratilmagan. Agar biz bug‘doyning 99 foizini, masalan, Ruminiyadan import qilsak, import bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib borgan bo‘lardim», — deya Papoyan so‘zlaridan iqtibos keltirgan Armaniston OAVlari.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonda bug‘doy yetishtirish iqtisodiy jihatdan foydali emas. Fermerlar bir gektardan 1082 dollar xarajat bilan 1031 dollarga yaqin mahsulot oladilar.
«Ishlab chiqarish rentabelli bo‘lishi uchun har gektariga 206 dollarga yaqin subsidiya berish kerak», — dedi vazir.
2023 yilda Armaniston 130 ming tonna bug‘doy yetishtirdi, 450 ming tonnani asosan Rossiyadan import qildi.