Armanistonda 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining yakuniy natijalari 14 iyun kuni e’lon qilinadi.
Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rahbari Vaagn Ovakimyan ma’lum qildi.
"Biz juma kunigacha qayta sanash va tuzatishlar kiritishni davom ettiramiz. Shundan so‘ng shikoyat va arizalar ko‘rib chiqiladi. Yakuniy natijalar esa 14 iyun kuni e’lon qilinadi", dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Armanistonda 7 iyun kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Byulletenlarning 100 foiz sanab bo‘lingandan so‘ng, Bosh vazir Nikol Pashinyanning "Fuqarolik shartnomasi" partiyasi 49,83% ovoz oldi.
Ishbilarmon Samvel Karapetyan bilan bog‘liq "Kuchli Armaniston" partiyasi 23,28% ovoz olib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Sobiq prezident Robert Kocharyan boshchiligidagi "Armaniston" bloki 9,93% ovoz oldi.