Bugun 9 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Armanistondagi mis zavodi ishchilari oylik-maoshi kamligi sababli norozilik namoyishi o‘tkazmoqda

Armanistondagi mis zavodi ishchilari oylik-maoshi kamligi sababli norozilik namoyishi o‘tkazmoqda

Armanistondagi Zangezur mis-molibden zavodi xodimlari ish haqini 50 foizga oshirish talabi bilan ikkinchi kundan beri norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Bu haqda Armaniston OAVlari xabar bermoqda.

Kombinatga kelgan Armaniston konchilar, metallurglar va zargarlar kasaba uyushmalari respublika ittifoqi raisi Eduard Paxlevanyanning ma’lum qilishicha, ishchilar o‘z talablarini kombinat rahbariyatiga bildirmagan va ular borishlari haqida ogohlantirmagan.

"Biz hozir ushbu xodimlar va kompaniya rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil qilmoqchimiz. Agar rahbariyat rad javobini bersa, ish tashlash qonuniy deb hisoblanishi uchun xodimlarga qanday talablar bajarilishi kerakligini tushuntiramiz", - deya qo‘shimcha qildi u.

Unga ko‘ra, 200 ga yaqin odam ishga kelmagan.

Kiritildi: 18:29 01.02.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!