Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Armanistonda Rossiya harbiy bazasining ikki nafar harbiysi qo‘lga olindi

Armanistonda Rossiya harbiy bazasining ikki nafar harbiysi qo‘lga olindi

Armanistonning Gyumri shahrida Rossiya harbiy bazasining ikki nafar harbiy xizmatchisi Ukraina fuqarosini kaltaklaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

Ukraina fuqarosi Dmitriy Samuelenkoning arizasiga ko‘ra, harbiylar taxminan bir oy oldin unga hujum qilgan. Hozirda ular hibsda saqlanmoqda va sog‘liqqa yengil zarar yetkazishda ayblanmoqda.

Bu Gyumridagi birinchi shunday holat emas. Noyabr boshida Rossiya harbiylari bir yigitni tahqirlayotgani aks etgan video tarqalgandi. “Radio Ozodlik” ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchi ham Rossiya fuqarosi bo‘lgan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, Gyumrida Armanistondagi Rossiyaning yagona harbiy bazasi — 102-harbiy baza joylashgan.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik