Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Armanistonda mamlakat kelajagini belgilovchi parlament saylovlari yakunlandi

Armanistonda mamlakat kelajagini belgilovchi parlament saylovlari yakunlandi

Ushbu parlament saylovlarida saylovchilar faolligi so‘nggi yillardagi kampaniyalarga qaraganda sezilarli darajada yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim saylov uchastkalarida ovoz beruvchilarning navbatlari kuzatildi.

Armaniston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 gacha saylovchilarning 48,92 foizi saylov uchastkalariga borgan, bu 2018 va 2021 yillardagi saylovlarning xuddi shu vaqtidagidan ko‘proq demakdir.

Hozirgi vaqtda ovozlarni sanab chiqish jarayoni bormoqda. Markaziy saylov komissiyasi dastlabki natijalarni ovoz berishning ertasi kuni e’lon qilishni rejalashtirgan, yakuniy natijalar esa yetti kun ichida ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 08:36. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!