Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Armanistonda chaqiruv yoshi oshirilishi va xizmatdan qochganlar uchun boj joriy etilishi mumkin

Armanistonda chaqiruv yoshi oshirilishi va xizmatdan qochganlar uchun boj joriy etilishi mumkin

Armanistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun eng yuqori yosh chegarasini 27 dan 37 yoshgacha ko‘tarish taklif qilinmoqda. Ushbu qonunchilik tashabbusini hukmdor “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi deputati Ayk Sarkisyan ilgari surdi. Bu haqda “Sputnik Armeniya”ga tayanib "Daryo" xabar bermoqda.

Taklif doirasida “Harbiy xizmat va harbiy xizmatchilar maqomi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar, shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun hamda Armaniston Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.

Xizmat uchun yosh chegarasini oshirishdan tashqari, 18 yoshgacha fuqaroligini o‘zgartirgan erkaklar uchun 15 million dram (taxminan 40 ming dollar) miqdorida boj belgilash taklif etilmoqda. Bu summa 27 yoshdan oshgan, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan fuqarolarga jinoiy javobgarlikdan qutulish imkonini beradi.

Tashabbusning maqsadi chaqiriluvchilar sonini ko‘paytirish va erkaklar orasida Armaniston fuqaroligidan voz kechish holatlarining oldini olishdan iborat.

Kiritildi: 19:12 03.05.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!