Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Dehli Ozarbayjonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun arizasini bloklagani haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
"Bu yil Armaniston ham, Ozarbayjon ham SHHTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. Lekin Tyanszinda vaqt yetishmagani sababli a’zo davlatlar bu masala bo‘yicha qaror qabul qilishga ulgurmadi", — dedi Hindiston tashqi ishlar vazirligi vakili Randhir Jaysval.
Erevan va Bokuning tashkilotga qo‘shilishi masalasi guruh tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.