Armaniston hukumati Suriyaga gumanitar yordam olib o‘tish uchun Margara-Alijon chegara punkti vaqtinchalik ochilganini ma’lum qildi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, bu qaror “Turkiya hududi orqali Suriyaga yuklarni quruqlik yo‘llari orqali yetkazib berish zarurati bilan bog‘liq holda” qabul qilingan. Chegara 21 martdan 31 martgacha ochiq bo‘ladi.
Armaniston tomoni bu qadam insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun logistika xarajatlarini tezlashtirish va kamaytirishini ta’kidlaydi.
O‘tish joyi avvalroq 2023-yilning fevralida – 35 yil ichida birinchi marta – Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan halokatli zilzilalardan so‘ng insonparvarlik yordamini jo‘natish uchun ochilgan edi.