Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Agar Armaniston va Ozarboyjon tinchlik shartnomasi tuzsa, bu hujjat Konstitusiyaviy sudga yuboriladi. Konstitusiyaviy sudimiz shartnomani Armaniston konstitusiyasiga zid deb hisoblasa, biz konstitusiyaviy o‘zgarishlarni amalga oshiramiz. Agar Konstitusiyaviy sud shatnoma konstitusiyaga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilsa, hujjatni ratifikasiya qilishda hech qanday to‘siq bo‘lmaydi", — deya tushuntirdi Armaniston hukumati rahbari.
O‘z navbatida, Ozarboyjon Armaniston konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritishni talab qilmoqda. Armaniston konstitusiyasining 1-moddasida Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ning 1989 yildagi “Birlashuv to‘g‘risida”gi qo‘shma rezolyusiyasiga havola mavjud. Aynan shu jihat Bokuning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.