Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat parlamentida KXSHT bilan munosabatlardagi navbatdagi mantiqiy qadam tashkilotdan chiqish bo‘lishini aytdi.
«Biz KXSHTdagi ishtirokimizni muzlatib qo‘ydik, keyingi mantiqiy qadam tashkilotdan chiqish bo‘ladi, biz KXSHTga a’zo bo‘lib qolamiz, deb aytmagandik ».
- dedi Pashinyan.
«Balki bir oy, balki bir yil yoki uch yildan keyin bu qachon sodir bo‘lishini hal qilamiz», deb qo‘shimcha qildi Bosh vazir.
🇦🇲🇦🇲 12 iyun kuni Pashinyan parlamentda Armaniston qachondir KXSHTdan chiqishini va ortga qaytmasligini aytdi.