Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Armaniston nima uchun KXSHTdan chiqishini aytdi

Armaniston nima uchun KXSHTdan chiqishini aytdi

Belarus Ozarboyjonga 2018 yildan 2022 yilgacha qurol yetkazib bergani sababli Armaniston KXSHTdan chiqishini e’lon qildi — Politico.

KXSHTga Armaniston ham, Belarus ham a’zo hisoblanadi. Ozarboyjon 1999 yilda ushbu tashkilotdan chiqqan.

2022 yilda Boku Tog‘li Qorabog‘ uchun urush boshladi, natijada mintaqa Ozarboyjon nazoratiga qaytarildi. KXSHT nizomiga ko‘ra, Minsk Yerevanga yordam berishi kerak edi, lekin Belarus Bokuni harbiy jihozlar bilan ta’minladi. Shuningdek, Ozarboyjonga artilleriya tizimlarini modernizasiya qilishda yordam berdi.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus va Ozarboyjon vakillari 2018 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davrda Groza-S zenit-raketa komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Kiritildi: 20:20 14.06.2024. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!