Armaniston YevroNikol Pashinyan YEOII atrofida sodir bo‘layotgan voqealar unda xavotir uyg‘otayotganini tan oldi, biroq bu holat boshqa hamkorlarni ham tashvishga solishi kerakligini bildirdi.
siyo iqtisodiy ittifoqi tarkibidan chiqishni rejalashtirmayapti, biroq birlashma ichida yuzaga kelgan muammolarni imkon qadar tezroq hal qilishni zarur deb hisoblaydi — Armaniston bosh vaziri.
Nikol Pashinyan YEOII atrofida sodir bo‘layotgan voqealar unda xavotir uyg‘otayotganini tan oldi, biroq bu holat boshqa hamkorlarni ham tashvishga solishi kerakligini bildirdi.
"Ishonchim komilki, ular ham xavotirda, chunki xuddi shu holat qachondir ularning o‘zlari bilan ham sodir bo‘lishi mumkinligini bilishadi. Biz o‘z oldimizga YEOIIdan chiqish maqsadini qo‘ymayapmiz, lekin agar muammolar hal etilmasa, YEOIIning parchalanishi muqarrar", — deya ta’kidladi u.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, YEOIIning asosini to‘rtta asosiy tamoyil — mahsulotlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalning erkin harakatlanishi tashkil etadi. Agar ular amal qilishdan to‘xtasa, birlashmaning o‘zi mavjud bo‘lishi so‘roq ostida qoladi.