"Biz YEOIIdan chiqishni rejalashtirmayapmiz, ammo xalqimiz tanlovga ega bo‘lishi uchun muqobil yo‘nalishni shakllantirishga tayyorgarlikni boshladik. Referendum o‘tkazish uchun muayyan tartib-taomillardan o‘tish kerak va biz shu yo‘ldan bormoqdamiz", — dedi Nikol Pashinyan.
Armaniston Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 2027–2028 yillarda YEIga to‘laqonli a’zolik jarayonini boshlash uchun murojaat qilishi mumkin.