Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan Mger Mirzoyan hibsga olindi.
Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ilgari dastlabki tergov davomida Armaniston Bosh vaziriga qarshi suiqasd uyushtirish rejasiga aloqador shaxslardan birining shaxsi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
2024 yildan beri xorijiy davlatda yashab kelayotgan Mirzoyan va kamida to‘rt kishidan iborat guruh Armaniston Bosh vazirini uning siyosiy va jamoat faoliyati bilan bog‘liq holda noqonuniy ravishda o‘ldirish niyatida noma’lum mablag‘larni qo‘lga kiritgan va jinoyatga tayyorgarlik ko‘rgan degan asosli shubha aniqlandi.
Xabar qilinishicha, ular himoya vositalari va niqoblar taqib, Pashinyanga qaratilgan tahdidlarni o‘z ichiga olgan video xabarni yozib olib, tarqatgan. Ular, shuningdek, saylov kampaniyasiga to‘sqinlik qilishgan.
Mger Mirzoyanga nisbatan Armaniston Jinoyat kodeksining 43-155-moddasi 2-qismining 1 va 8-bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan davlat yoki siyosiy faoliyatni amalga oshirish munosabati bilan qotillik qilishga tayyorgarlik ko‘rish), shuningdek, 211-moddasi 2-qismining 2 va 5-bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan boshqa yo‘llar bilan saylovoldi tashviqotiga to‘sqinlik qilish) bo‘yicha ommaviy jinoiy ish qo‘zg‘atildi.