Nikol Pashinyan bu qarorining sababi sifatida Armaniston Milliy Majlisiga (parlamenti) 7 iyunga belgilangan saylovlar oldidan saylovoldi kampaniyasida ishtirok etishi zarurligini ko‘rsatdi.
"Aprel oyida Rossiyaga tashrifim chog‘ida Putinga saylovoldi kampaniyasi tufayli 9 mayga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok eta olmasligimni ma’lum qilgan edim. Men saylovoldi kampaniyasida qatnashishimni allaqachon e’lon qilganman" , — dedi Armaniston bosh vaziri.
Joriy yilda Ukraina dronlari hujumi xavfi tufayli 2007 yildan beri ilk bor harbiy texnikalarsiz o‘tkaziladigan Moskvadagi paradda bir necha xorijiy yetakchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Biroq Kreml hozircha paradga borishga rozi bo‘lgan mehmonlarning to‘liq ro‘yxatini ochiqlamagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov yegishli ro‘yxat “bayramga yaqin” e’lon qilinishini bildirgan.