Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Armaniston Belarus bilan diplomatik munosabatni uzadimi?

Armaniston  Belarus bilan diplomatik munosabatni uzadimi?

Mahalliy “Xraparak” gazetasirasmiy manbalarga tayanib yozishicha, Armaniston Belarus bilan diplomatik munosabatni uzish haqida o‘ylayapti. Bunga tomonlarning keskin bayonotlari, xususan Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Bosh vazir Nikol Pashinyan “Armanistonni yo‘q qiladi” degan so‘zlaridan keyin Yerevan va Minsk munosabati yomonlashgani sabab bo‘lgan.

Gazeta Pashinyanning Putin bilan telefon orqali so‘nggi muloqoti juda keskin kechganini ta’kidlagan. Ya’ni, garchi Bosh vazir Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish Rossiya bilan munosabatdan voz kechishni anglatmaydi, deya o‘zini oqlashga uringan bo‘lsa-da, Putin suhbatdoshiga o‘ta quruq ohangda “bu Armaniston uchun yaxshi qadam emasligi”ni bildirgan.

Kiritildi: 11:40 30.01.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!