Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Arizona shtatida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi

Arizona shtatida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi

Arizona shtatidagi Skottsdeyl aeroportida (AQSh) Bombardier Learjet samolyoti Gulfstream 2100 biznes-jeti bilan to‘qnashdi, deb xabar berdi ABC News Fuqaro aviasiyasi federal boshqarmasiga tayanib. Bir kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Bombardier Learjet qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, to‘xtab turgan Gulfstream 2100 samolyotiga borib urilgan.

Skottsdeyl yong‘in xizmati kapitani Deyv Folioning aytishicha, uch kishi shifoxonaga yotqizilgan. Samolyotlardan birida bir kishi qamalib qolgan.

Hozirda uchish-qo‘nish yo‘lagi yopiq, deya xabar berdi aeroport X ijtimoiy tarmog‘ida. Fuqaro aviasiyasi federal boshqarmasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi, deb xabar beradi rbc.ru.

Kiritildi: 13:12 11.02.2025. O'qildi: 1139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!