Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Argentina terma jamoasi yulduzi «Real»ga signal yubordi!

Argentina terma jamoasi yulduzi «Real»ga signal yubordi!

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes o‘z bayonoti bilan Madridning «Real» klubiga ehtimoliy o‘tishi haqidagi mish-mishlarni yanada avj oldirdi.

Argentinalik futbolchi Ispaniya poytaxti unga juda yoqishini tan oldi.

«Men Madridda yashashni istardim. Bu ajoyib shahar, u menga Buenos-Ayresni eslatadi», — deya jurnalist Fabrisio Romano 25 yoshli futbolchining so‘zlarini keltirmoqda.

Shundan so‘ng, aniq bir klub haqida berilgan savolga xavbek javob bermadi — u shunchaki tabassum qilish bilan kifoyalandi.

Enso Fernandesning nomi anchadan beri «Real» bilan bog‘lab kelinmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholashmoqda, uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi esa 2032 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:52 30.03.2026. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik