Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Argentina hukumati mamlakatdan qochgan nasistlar bilan bog‘liq hujjatlarni e’lon qiladi

Argentina hukumati mamlakatdan qochgan nasistlar bilan bog‘liq hujjatlarni e’lon qiladi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Amerika mamlakatiga qochgan nasistlarga oid barcha hujjatlarni oshkor qilishni buyurdi.

Bu haqda Argentina hukumati raisi Gilyermo Frankos ma’lum qildi.

"Bir muncha vaqt oldin Prezident Miley Argentina fashistlar Germaniyasidan qochganlarni himoya qilgan paytdan beri barcha hujjatlarni ommaga e’lon qilish uchun uzoq vaqt kurashib kelayotgan AQSh senatori Stiv Deynsni qabul qildi. Hali ham ommaga oshkor etilmagan hujjatlar bor, ayniqsa bank operasiyalari bilan bog‘liq. Prezident Miley Deynsning iltimosiga binoan, har qanday davlat idorasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlarni taqdim etishni buyurdi", dedi u.

Frankos fikricha, eng muhim hujjatlar Mudofaa vazirligida bo‘lishi mumkin. "Bizda bu ma’lumotni himoya qilish uchun hech qanday sabab yo‘q", deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina prezidenti ma’muriyatining rasmiy vakili Manuel Adorni Miley mamlakat qurolli kuchlarining harbiy rejim davrida (1976-1983) harakatlariga oid barcha hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish to‘g‘risida buyruq bergani haqida xabar bergan edi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘p sonli nasist jinoyatchilar Janubiy Amerika mamlakatlariga qochib ketishdi. Argentinadan boshpana topganlar orasida, xususan, Yozef Mengele va Adolf Eyxman ham bor edi.

Kiritildi: 10:58 25.03.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!