Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Argentina futbol assosiasiyasi rahbari yirik moliyaviy firibgarlikda ayblanmoqda. Unga mamlakatdan chiqish taqiqlandi

Argentina futbol assosiasiyasi rahbari yirik moliyaviy firibgarlikda ayblanmoqda. Unga mamlakatdan chiqish taqiqlandi

Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiya ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lamaslik ishi bo‘yicha prokuraturaga so‘roqqa chaqirildi.

U bilan birga tashkilot g‘aznachisi Pablo Tovigino ham ushbu ish bo‘yicha ayblanmoqda. Huquq-tartibot idoralari har ikki mutaxassisga mamlakatdan chiqib ketishni taqiqladi.

So‘roq jarayoni 5 mart kuniga belgilangan. Mazkur jinoyat ishi AFA tomonidan davlat g‘aznasiga 13 million dollar miqdoridagi ijtimoiy ajratmalar o‘tkazilmagani aniqlangach qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, tergov davomida quyidagi shubhali holatlar ham o‘rganilmoqda:

  • Tapiyaning shaxsiy mulki: Unga tegishli bo‘lgan, maydoni 10 gektarni tashkil etuvchi va vertolyot maydonchasiga ega bo‘lgan hashamatli hovli.

  • Mukofot pullari: Futbolchilarga to‘langan bonuslar miqdori rahbariyatning dunyo bo‘ylab parvozlari uchun sarflangan xarajatlardan ancha kamligi prokuratura e’tiborini tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu tergov harakatlari sababli Argentina terma jamoasi JCH-2026 dan chetlatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq FIFA hozircha vaziyatni kuzatish bilan cheklanmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:03. O'qildi: 174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!