Argentina prezidenti Xavyer Miley AQSh bilan bojlarni bekor qilish uchun savdo shartnomasini imzolash niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Bu haqda u Buenos-Ayresda AQSh moliya vaziri Skott Bessent bilan uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi.
"Biz prezident Donald Tramp tomonidan ishlab chiqilgan o‘zaro tariflar bo‘yicha taklifni tushunamiz va AQSh va Argentina uchun foydali bo‘lgan savdo bitimini imzolashga tayyormiz", — dedi Xavyer Miley.
U, shuningdek, Argentina AQShning mintaqadagi ishonchli ittifoqchisiga aylanish niyatida ekanini ta’kidladi.