Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi juma kuni kechqurun Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun kichik delegasiya bilan Islomobodga kelishi mumkin.
Bu haqda Pokistonning Geo TV telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik logistika va xavfsizlik mutaxassislari allaqachon Pokiston poytaxtida bo‘lib, Amerika delegasiyasining kelishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mas’uldirlar.